ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

“Siemens” kompaniyasi bilan hamkorlik o’rnatiladi

Uyushma yangiliklari

“O’zeltexsanoat” uyushmasida “Siemens AG” ning Rossiya, Belorusiya va Markaziy Osiyodagi vitse-prezidenti Aleksandr Liberov boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo ‘ lib o ‘ tdi.

Muzokaralar davomida “O’zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi M.Yunusov O’zbekiston elektrotexnika sanoatida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yetakchi kompaniyalar va ularning texnologiyalarini, shu jumladan “Siemens” ni jalb qilish muhimligini ta’kidladi.

Germaniya kompaniyasi delegatsiyasi elektrotexnika sohasining imkoniyatlari va istiqbolli investitsiya takliflari bilan tanishdilar. Uzoq muddatli hamkorlikning bir nechta istiqbolli loyihalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o’zaro manfaatli hamkorlikni mumkin bo’lgan usullarini birgalikda ishlab chiqish to’g’risida kelishib oldilar