ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 11-sentabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

AQSHning yarimo’tkazgichlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bilan muloqot tashkil etildi

Uyushma yangiliklari

🕚 11-sentabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamda Amerikaning Yarimo‘tkazgichli sanoat korxonalari uyushmasi (SIA) vakillari ishtirokida vebinar tashkil etildi.

“Yarimo‘tkazgichli ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha SIA tajribasi” mavzusida AQShning Yarimo‘tkazgichli sanoat korxonalari uyushmasining xalqaro siyosat bo‘yicha direktori Devi Keller o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonda Amerikaning yirik yarimo‘tkazgichli kompaniyalari bilan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, elektrotexnika sanoatini rivojlantirishda teng sherikchilik aloqalarini o‘rnatishdan iboratdir.

Ta’kidlandiki, AQShning Yarimo‘tkazgichli sanoat korxonalari uyushmasi 1977-yilda tuzilgan bo‘lib, Amerikaning yuqori texnologiyali eksportchi kompaniyalari, xususan 80 foizini yarimo‘tkazgichli korxonalar tashkil qiluvchi «AMD», «IBM», «Texas Instruments», «NVIDIA», «Intel», «Silicon Labs», «Micron» va boshqa yirik kompaniyalarni birlashtirib turadi.

Uyushmaning xalqaro siyosat masalalari bo‘yicha direktori Devi Keller xonimning so‘zlariga ko‘ra, uyushma davlat siyosatini himoya qilish va sohaning strategiyasini aniqlash, a’zo kompaniyalarning manfaatlarini himoya qilish va takliflarini ilgari surish, shuningdek, adolatli raqobat muhitini yaratish va ochiq savdo-sotiq imkoniyatlarini kengaytirish, bozor tendensiyalari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni kuzatib borish va tahlil qilish vazifalarini bajaradi.

Bundan tashqari, AQShning Yarimo‘tkazgichli sanoat korxonalari uyushmasi tomonidan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish va uni avtomatlashtirish bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, shuningdek soha mutaxassislari uchun treninglar o‘tkazishda faol ishtirok etishi ko‘zda tutildi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi