Biznesingizni biz bilan birgalikda rivojlantiring!   Uyushmaga a'zo bo'ling →

Uyushma yangiliklari

🕚 20-noyabr 2019 y. 🚩 Toshkent shahri, "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazmalar majmuasi

«O’zekspomarkaz» MKMda sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo’lib o’tmoqda (Video)

Uyushma yangiliklari

🕚 20-noyabr 2019 y. 🚩 Toshkent shahri, "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazmalar majmuasi

sanoat yarmarkasi va kooperatsiya

Davlat rahbarining 2019-yil 1-maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur tadbir 18-noyabr kuni boshlangan edi. Unda mingga yaqin korxonalar, kompaniya va firmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari 10 mingdan ortiq turdagi mahsulotlari bilan qatnashmoqda.

Ishtirokchilar sanoat korxonalarining eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlari, ularning sifat va texnik ko‘rsatkichlari, ulgurji va chakana narxlari, korxonalarning mavjud quvvatlari kabi ma’lumotlar bilan tanishmoqda. Bu mahalliy va xorijiy bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni o‘rganish, ularni ishlab chiqarish va sotib olish bo‘yicha hamkorlar topish, kichik biznes subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi