Biznesingizni biz bilan birgalikda rivojlantiring!   Uyushmaga a'zo bo'ling →

Uyushma yangiliklari

🕚 30-yanvar 2020-y. 🚩 Samarqand shahri, “Savdo sanoat palatasi” boshqarmasi majlislar zali

Samarqandlik yoshlar elektrotexnika sanoatiga qiziqish bildirdilar

Uyushma yangiliklari

🕚 30-yanvar 2020-y. 🚩 Samarqand shahri, “Savdo sanoat palatasi” boshqarmasi majlislar zali

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi Boshqaruv raisi Samarqand shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashuv chog‘ida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda Boshqaruv raisi Mirziyod Yunusov so‘zga chiqib, keyingi paytda yurtimizda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining dolzarb vazifalaridan biriga aylanganini alohida ta’kidladi. Ularga elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, Samarqand shahridagi “Elxolding”, “Ideal elektrolyuks” singari korxonalar xodimlarining biznes olamidagi ish tajribalari yoshlarga tanishtirildi.

Shuningdek, tadbirda yoshlar bilan ko‘proq uchrashuvlar tashkil etish, o‘quv seminarlarida ular ishtirokini ta’minlash va xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirish orqali katta natijalarga erishish mumkinligi haqida so‘z bordi. Do‘stona va ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan yigit-qizlar ko‘pgina savollar bilan murojaat qilishdi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi