Biznesingizni biz bilan birgalikda rivojlantiring!   Uyushmaga a'zo bo'ling →

Uyushma yangiliklari

🕚 30-yanvar 2020-y. 🚩 Samarqand shahri, “Savdo sanoat palatasi” boshqarmasi majlislar zali

Samarqandlik tadbirkorlar elektrotexnika sohasiga oid yangi loyihalarni taqdim etdilar

Uyushma yangiliklari

🕚 30-yanvar 2020-y. 🚩 Samarqand shahri, “Savdo sanoat palatasi” boshqarmasi majlislar zali

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi xodimlaridan iborat Ishchi guruhining navbatdagi tashrifi Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tdi. Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot jonli va konstruktiv ruhda o‘tdi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qarorlarining mazmun-mohiyati, unda tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan imtiyozlar xususida tushuntirildi.

Taqdimotlarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan 2019 yilda 7,9 trillion so‘mlik elektrotexnika va elektro-maishiy mahsulotlar ishlab chiqarilgani, ushbu ko‘rsatgich 2018 yilga nisbatan 2,4 trillion so‘mga ortib, o‘sish sur’atlari 1,4 baravarga yetganligi ta’kidlandi. Eksport ko‘rsatkichi ham 250,3 million dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich dasturda tasdiqlagan reja to‘liq bajarilganini anglatadi.

Ishlab chiqarilgan elektrotexnika va elektro maishiy mahsulotlarni MDH davlatlariga eksport qilish bilan bir qatorda, Birlashgan Arab Amirligiga, Litva, Niderlandiya, Turkiya davlatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Yangi eksport bozorlari, jumaladan Gruziya, Misr, AQSh va Kanada kabi davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga viloyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan tayyor investitsiya loyihalari taqdim qilindi. Mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan ishlash imkoniyatlari tushuntirib berildi. O‘z navbatida samarqandlik tadbirkorlar ham mavjud investitsiya takliflarini o‘rtaga tashladilar. Uyushma Ishchi guruhi ularga bu biznes g‘oyalarni rivojlantirish bo‘yicha yangi hamkorlarni topib berish, butlovchi qismlarni yetkazib berish yuzasidan boshqa viloyatlardagi tadbirkorlar bilan kooperatsiyani rivojlantirishga yordam berishlarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan tadbirkorlarning savollariga javob berildi. Xususan, imtiyozlarga ega bo‘lishda korxonalarga qo‘yiladigan talablar, eksportni oshirish yo‘llari, xalqaro standartlarni joriy etishdagi afzalliklar, xorijiy investorlarni jalb etishda “O‘zeltexsanoat” uyushmasining roli kabi masalalarda qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi

Bizni telegramda kuzating!"O'zeltexsanoat" uyushmasi faoliyatiga doir yangiliklardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'ling.
Ochib ko'rish