ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KOOPERATSIYA PORTALI →

Uyushma yangiliklari

🕚 23-sentyabr 2021-yil 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

Rossiyalik yirik kompaniya bilan hamkorlik takliflari muhokama qilindi

Uyushma yangiliklari

🕚 23-sentyabr 2021-yil 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

“O‘zeltexsanoat” uyushmasida Rossiyaning “RUSELPROM” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mehmonlarga “O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalarining elektrotexnika sanoatini rivojlantirish borasidagi faoliyatlari, amalga oshirilayotgan yangi investitsiya loyihalari, rossiyalik investorlar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, istiqboldagi vazifalar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, istiqbolli loyihalarni tatbiq etishda xorijiy investorlar uchun yurtimizda yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, qonunchilikdagi imtiyozlar va qulayliklar haqida ham tushuntirish berib o‘tildi.

Rossiyaning elektrotexnika konserni «RUSELPROM» – Rossiyaning barcha sanoat va qishloq xo‘jaligi uchun elektrotexnika uskunalari ishlab chiqaruvchi, nafaqat ishlab chiqaruvchi, balki yetkazib beruvchi, elektromotorlar eksporti bo‘yicha dunyoning eng yirik 400 talik kompaniyalar ro‘yxatiga kiradi.

“RUSELPROM” bugungi kunda 3000 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqaradi: 120 Vt dan 20 MVt gacha sinxron va asinxron elektrodvigatellari, 40 MVtgacha bo‘lgan generatorlar, 250 MVtgacha bo‘lgan gidrogeneratorlar, raqamli qo‘zg‘alish tizimlari, o‘zgaruvchan chastotali disklar (ChRP) va boshqalar. Rossiyadagi har uchinchi asinxron elektrodvigatellar konsern zavodlarida ishlab chiqariladi. “RUSELPROM” mahsulotlaridan dunyoning 56 mamlakatida foydalaniladi.

Shuningdek, Konsern Rossiyadagi bir qancha yetakchi mashinasozlik zavodlarini, jumladan Leningrad elektr mashinasozlik zavodi (LEZ), Vladimir elektromotor zavodi (VEMZ), Safonovskiy elektr mashinasozlik zavodi (SEZ), Muhandislik markazlari (NIPTIEM), loyihalash-konstruktorlik ilmiy-tadqiqot markazlarini birlashtirib turadi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda elektrodvigatel ishlab chiqarish va misni qayta ishlash bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan taklif o‘rtaga tashlandi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi