ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

Rossiya Federatsiyasining Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Samarqanddagi elektrotexnika mahsulotlariga qiziqish bildirdi

Uyushma yangiliklari

Rossiya Federatsiyasining Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Dimitriy Kurochkin boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida «Urgut erkin iqtisodiy zona»sida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shu bilan birga, delegatsiya a’zolari “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo «Ideal elestrolux» MChJ QKning bevosita ishlab chiqarish jarayonida tayyorlanayotgan eksportbop mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, rossiyalik tadbirkorlar milliy brend ostidagi maishiy texnika mahsulotlarining sifati va hamyonbopligiga katta e’tibor qaratdilar.

Mazkur korxona 2018 yilning dekabr oyida ishga tushgan. Korxona yiliga 260 ming dona elektrduxovka, 100 ming dona gaz plita va 100 ming dona dudburon ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shuningdek, korxona 15 xil turda elektrduxovka, 10 xil turda gaz plita, 5 xil turda dudburonlar ishlab chiqarmoqda. Korxonada 200 ga yaqin xodim 2 smenada 24 soat davomida uzluksiz faoliyat yuritadi.

Mahsulotlarning 40 foizi eksportga yo‘naltirilmoqda. Korxona mahsulotlarini Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon kabi davlatlarga eksport qilmoqda.

Korxona vakillari 2020 yil mart oyida Rossiyada o‘tkazilgan “Made in Uzbekiston” ko‘rgazmasida ham qatnashib, Rossiya bozori imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan edilar. Biznes hamkorlar bilan kelishilgan holda korxona mahsulotlari endilikda Rossiya bozorlariga ham kirib borishi rejalashtirilmoqda.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi