ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Elektrotexnika sanoatida raqamli iqtisodiyotni samarali joriy qilish bo’yicha vebinar bo’lib o’tdi

Uyushma yangiliklari

Elektrotexnika sanoatida raqamli iqtisodiyotni joriy etish va uni amalga oshirish yuzasidan uyushmaning Axborot kommunikatsiyalari texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish bo‘limi tomonidan vebinar tashkil etildi.

Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish juda zarur. Bu esa yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Xususan, elektrotexnika sanoati tarmoqlarida ham ushbu raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini joriy etish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida, qolaversa “Raqamli iqtisodiyot-2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosidan kelib chiqib, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mazkur yo‘nalishda ilg‘or tajribalarga asoslangan holda bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

Misol uchun joriy yilda Uyushmaning yangi tahrirdagi www.uzeltech.uz rasmiy veb-sayti ishga tushirildi. Shuningdek Uyushma faoliyatiga «Loyihalarni boshqarish va xodimlar KPI darajasini baholash» axborot tizimi (Bitrix24) joriy etildi. Ayni paytda malakali dasturchilar tomonidan “Uyushmaga a’zo korxonalar bilan elektron ma’lumot almashinuvi portali” ishlab chiqilib, test rejimida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Vebinarda elektrotexnika sanoati tarmoqlarida raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, istiqboldagi rejalar, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Tizimda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlariga oid mavzularda mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.