ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 11-sentabr 2020-yil 🚩 Qarshi shahri, "Biss electronics system" MCHJ

Qashqadaryoda elektrotexnika sohasida yangi investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda

Uyushma yangiliklari

🕚 11-sentabr 2020-yil 🚩 Qarshi shahri, "Biss electronics system" MCHJ

Qashqadaryoda yangi investitsiya

Shu kunlarda Hukumat komissiyasi tomonidan respublikamiz hududlari bo‘ylab sanoat korxonalari chuqur, tahliliy o‘rganilmoqda. Joyiga chiqqan holda har bir tuman tadbirkorlari bilan va ishlab chiqarish ob’ektlarida uchrashuvlar tashkil qilinib, pandemiya sharoitida yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

Hukumat komissiyasi tarkibida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Xashimov boshchiligidagi Ishchi guruhi ham viloyatdagi sanoat korxonalari faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.

Dastlabki o‘rganish Qarshi shahrida amalga oshirildi. Esingizda bo‘lsa, 2018 yilda “Biss electronics system” MChJ korxonasida umumiy qiymati 2 milliard so‘mlik bo‘lgan loyiha doirasida zamonaviy televizorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. Buning natijasida 40 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Yiliga 25 ming dona televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona mahsulotlarini eksportga yo‘naltirishni ham rejalashtirilgan.

Endilikda ushbu faoliyatni kengaytirish maqsadida va yangi turdagi elektrotexnika mahsulotlarini o‘zlashtirish maqsadida umumiy qiymati 10,0 mlrd. so‘m bo‘lgan “Konditsionerlar ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy sa’y-harakatlar boshlab yuborilgan. Ishchi guruhi loyihaning kelajakdagi istiqboli, mavjud imkoniyatlardan to‘la foydalangan holda mahsulotlarni mahalliylashtirish bosqichlarini ham inoabatga olish yuzasidan amaliy yordam va tavsiyalarni berdi.

Hozirda loyihani amalga oshirish bo‘yicha qurilish ishlari davom etmoqda. Bu joylarda qurilish-montaj jarayonlari yakunlanganidan so‘ng, 2021-2022 yillarda Qarshida yana bir yangi maishiy texnika vositasi ishlab chiqarilishiga erishiladi.

O‘rganishlar boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi