ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KOOPERATSIYA PORTALI →

Uyushma yangiliklari

Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvida elektrotexnika sanoati korxonalari ham faol ishtirok etadi

Uyushma yangiliklari

Xabaringiz bor, tez kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat tadbirkorlari va investorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.Ushbu tadbirga elektrotexnika sanoati korxonalarini keng jalb qilish va Prezident bilan uchrashuvda ularning ishtirokini ta’minlash maqsadida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan videokonferens aloqa orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshqardi. Unda uyushmaga a’zo korxonalarda yuzaga kelayotgan tizimli va individual muammolar hamda ularning yechimlari, sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Xususan, soliq va bojxona rasmiylashtiruvidagi tartib-taomillar, ichki kooperatsiyani yanada kuchaytirish, bank kreditini olish va garov ta’minoti, tizimdagi kadrlar siyosati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mavjud muammolar hamda ularning yechimi borasida qator takliflar o‘rtaga tashlandi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi