“O‘zeltexsanoat” uyushmasida Pokistonning yetakchi tadbirkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uyushmaga a’zo korxonalarning kabel–sim va mis mahsulotlari hamda quyosh panellari mahsulotlarini Pokiston bozoriga eksport qilish yo‘llari bo‘yicha muzokara olib borildi. Mehmonlarga elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ularning eksport salohiyati, misni qayta ishlash imkoniyatlari xususida batafsil ma’lumot berildi.
Kompaniya vakili Ibragimxan Moxmandning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston aksariyat xom-ashyo mahsulotlarini import asosida oladi, shuningdek, Pokistonda mis koni mavjud emas. Shu bois, kompaniyalarga sifatli va eksportbop tayyor mis mahsulotlariga ehtiyoj mavjud. Tadbirkor I. Moxmand tomonidan Pokistonda savdo uyini tashkil etish taklifi bildirildi.