ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

O‘zbekistonda robot ishlab chiqarilyapti

Uyushma yangiliklari

Hademay yurtimizdagi ko‘cha-ko‘y, savdo shoxobchalari, xizmat ko‘rsatish majmualarida robot xizmatchilarni ko‘rish odatiy holga aylanadi. Bugungi innovatsion ishlab chiqarish jarayonidagi nishonalar shundan darak beryapti.
Yashnobod innovatsion texnoparki rezidenti — “Interactive Robot Solutions” korxonasi marketing va boshqa sohalarda sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha faoliyatini yo‘lga qo‘ygan innovatorlardan. Hozir bu yerda sun’iy intellektli turli formatdagi robotlar ishlab chiqarilmoqda.

“Interactive Robot Solutions” marketingda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha yangi boshlovchi va nafaqat sun’iy intellektga ega turli formatdagi robotlarni ishlab chiqaradi, balki robot informatordir. U ishlab chiqarayotgan robotlar odamlar bilan muloqot o‘rnatishi va ularning savollariga javob berishi, shuningdek, qo‘llanma sifatida mahsulot, xizmat yoki ob’ektga tegishli ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.

Bugungi kunda robotlar odamlarga mahsulot, xizmat va ob’ektlar haqida ma’lumot berib, savollarga javob beradi. Robot-konsultantlar mehmonxonalarda mehmonlarni kutib olish, boshqaruvchilik vazifasini bajarishi, ishlab chiqarish jarayoni bilan shug‘ullanishi mumkin.

Oxford Economics tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, robotlar ishlab chiqarishda odamlarning o‘rnini borgan sari ko‘proq egallayveradi. Ammo kompaniyalar xarajatlari ham qisqaradi. Natijada iqtisodiy samaradorlik o‘sib, yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga sabab bo‘ladi.

“Interactive Robot Solutions” ilab chiqarayotgan ADBOT (xizmat qiluvchi robot) nutqni ajratish, qidiruv va yuzni aniqlash, nutqni tushunish, takliflar bildirish layoqatiga ega. ADBOT odamlar bilan muloqot qilish va ularga turli xizmatlar ko‘rsatish, jumladan, muayyan masalada maslahat berish, to‘lovlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi