ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 6-noyabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, Xalqaro biznes markazi

Elektrotexnikada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bo’yicha hamkorlik muhokama qilindi

Uyushma yangiliklari

🕚 6-noyabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, Xalqaro biznes markazi

Joriy yilning 6 noyabr kuni videokonferensiya shaklida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya Hukumatlararo qo‘mitasining 10-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Koreya Respublikasining savdo, sanoat va energetika vaziri Song Yun Mo raisligi ostida o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmining sezilarli o‘sishi qayd etildi. Shu bilan bir vaqtda tomonlar ushbu yo‘nalishda foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidlab, ushbu munosabat bilan yaqin kelajakda 5 mlrd dollarlik tovar aylanmasi hajmiga erishish maqsadida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo aloqalarini chuqurlashtirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildilar. Shu nuqtai nazardan, savdo qilish jarayonidagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda O‘zbekiston va Koreya kompaniyalari tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun sharoitlarni optimallashtirish bo‘yicha aniq takliflar ham bildirildi.

Seksiyalarga bo‘lingan holda Koreya bilan hamkorlikning turli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, elektrotexnika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish yo‘nalishida Koreyaning yetakchi markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.

Jumladan, Toshkentda davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida elektronika va elektrotexnika sohasida mustaqil o‘quv-tadqiqot muassasasini xorijiy ixtisoslashgan markazlardan biri bilan, jumladan Koreyaning ilg‘or texnologiyalar instituti (KAIST) bilan hamkorlikda tashkil etish masalalari bo‘yicha taklif bildirildi. Shuningdek, yaqin kelajakda elektronika sohasidagi vakolatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan va mamlakatdagi korxonalar uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan konstruktorlik byurolari va loyihalar kompaniyalarini yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Muhokamalarda «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi M. Yunusov va Koreya Respublikasining savdo, sanoat va energetika vaziri Song Yun Mo bilan mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi