Yaqinda quvonarli bir xabar oldik. «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Chirchiq transformator zavodi»da ishlab chiqarilayotgan TMG-seriyali (160, 250, 400 kVA) transformatorlar xalqaro IEC (MEK) standarti talablariga muvofiq bo‘lishi uchun Niderlandiyaning «KEMA» laboratoriyasidan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tib, maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.
Bu sertifikatlar bilan endilikda transformatorlar dunyoning hoxlagan nuqtasiga eksport qilinishi mumkin. Bu bilan O‘zbekiston MDH davlatlari orasida transformatorlarga IEC (MEK) standartiga muvofiq sertifikat olgan yagona davlat bo‘ldi.