ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 21-oktabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

O‘zbek-hind biznes forumida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari ham qatnashdi

Uyushma yangiliklari

🕚 21-oktabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilgan onlayn o‘zbek-hind biznes forumi tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xususan, xalqaro savdo uchun qulay sharoitlar yaratish va O‘zbekistonda biznes yuritish uchun investitsiyalar va xorijiy sheriklarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan.

Uyushma vakillari elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha hind tadbirkorlari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, yurtimizda xorijiy investorlar uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyatlar va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan biznes-loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Mamlakatimizda hind kapitali ishtirokidagi 277 korxona faoliyat olib bormoqda. 2020 yilning yanvar-avgust oylarida Hindiston bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 198,4 million dollarni tashkil etdi.

Tadbirda ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘zaro iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, qo‘shma loyihalar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan galdagi vazifalarni belgilab oldi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi