Uyushma yangiliklari

🕚 23-aprel 2020-yil 🚩 Nukus shahri, "Nukuselektroapparat" korxonasi

«Nukuselektroapparat» korxonasi sanitariya talablari doirasida faoliyatini qayta tikladi

Uyushma yangiliklari

🕚 23-aprel 2020-yil 🚩 Nukus shahri, "Nukuselektroapparat" korxonasi

“Oʼzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Nukuselektroapparat” qoʼshma korxonasi karantin talablari doirasida sanitariya-gigiena qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda oʼz faoliyatini qayta tikladi. Endilikda 186 nafar ishchi-xodimlar korxonada mehnat faoliyatini davom ettiradilar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 20 aprel kuni sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining to‘liq ishlashini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Respublika komissiyasiga koronavirus umuman aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxshilangan viloyat, tuman va shaharlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shundan so‘ng faoliyati tiklanadigan obyektlarda ishlar sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etila boshlandi.

Ishchi guruhi topshiriq ijrosiga kirishdi

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov boshchiligidagi Ishchi guruhi Nukus shahridagi bir nechta elektrotexnika sanoati korxonalarining sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda o‘z faoliyatini davom ettirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda. Ularning eksport shartnomalarini o‘z vaqtida bajarilishiga erishish, ishchi-xodimlarning qayta bandligini ta’minlash, korxonaning iqtisodiy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi galdagi muhim vazifalarni hal etishga kirishilgan.

“Oʼzeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov boshchiligidagi ishchi guruhi

Korxonadagi vaziyat qanday edi?

Nukus shahridagi yirik ishlab chiqarish ob’ekti hisoblangan “Nukuselektroapparat” qo‘shma korxonasi Respublika iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Koronavirus pandemiyasiga qadar korxonada zamonaviy turdagi yuqori va past kuchlanishli transformator mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Faoliyatlar 2-smenada ish tashkil etilgan bu korxonada 230 dan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilayotganligini inobatga olsak, karantin davriga kelib, ishlab chiqarish jarayoni to‘liq to‘xtatib qo‘yildi. Tabiiyki, bu korxona iqtisodiyotiga, aholi daromadlariga, qolaversa eksport ko‘rsatkichlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib ulgurdi.

Korxona rahbari Merlen Ibraimovning taʼkidlashicha, korxonada 6300 kVА komplektli taqsimlaydigan qurilmalar, mikroprotsessor terminallar asosida RHА shkaflari, past volьtli komplektli qurilmalar, 110kV kuchlanishgacha ajratgichlar va uzatgichlar, past volьtli apparaturalar va elektromontaj mahsulotlari, shuningdek xalq isteʼmoli tovarlari va metall mebellar hamda metallokonstruktsiyalarning keng majmuisi ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, xalqaro standartlar asosida sifat, ekologiya, sogʼliqni saqlash, va mehnat xavfsizligini taʼminlash menejmentining integratsiyalangan tizimini joriy etish boʼyicha ham ishlar yoʼlga qoʼyilgan.

Merlen Ibraimov karantin davrida shlab chiqarilayotgan aksariyat mahsulotlar xorijga eksport qilinishini alohida taʼkidladi. Imzolangan shartnomalarga koʼra ayni paytda “Rosneft” korxonasiga transformator podstantsiyalari qurilmasi yetkazib berilmoqda.

Sanitariya-gigiyena talablaridan so‘ng

«O‘zeltexsanoat» uyushmasining ko‘magi bilan korxonada sanitariya-gigiyena qoidalari asosida dizenfeksiya tadbirlari olib borildi. Har bir xodimning xavfsizligini ta’minlash maqsadida kirish-chiqish joylarida tibbiy nazorat postlari, koridorlar o‘rnatildi. Xodimlar binoga kirishdan oldin avval ularning tana haroratlari o‘lchanadi, maxsus qo‘lqoplar va himoya vositalari bilan har 2 soatda ta’minlanadi.

Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportga yuborishga tayyorlanmoqda

Endilikda korxona karantin talablarini buzmagan holda avvalgi faoliyatini toʼliq davom ettiradi. Mahsulotlarni eksport qilish boʼyicha ham belgilangan rejalar oʼz vaqtida bajariladi. Buning dastlabki harakatlari boshlab yuborildi.

Nukus shahridagi boshqa korxonalarda ham xuddi shu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi