ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 21-yanvar 2021-yil 🚩 Navoiy EIZ, "Golden Lift" MChJ

Navoiyda lift ishlab chiqarilmoqda

Uyushma yangiliklari

🕚 21-yanvar 2021-yil 🚩 Navoiy EIZ, "Golden Lift" MChJ

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M. Yunusov boshchiligidagi Ishchi guruhi respublikadagi sanoat korxonalari faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda. Ishchi guruhining Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonasidagi tashrifi chog‘ida O‘zbekistonda jahon texnologiyalari asosida sifatli va arzon liftlar ishlab chiqaruvchi “Golden lift” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Umumiy qiymati 2 mln.dollar bo‘lgan “Golden lift” kompaniyasi Xitoy bilan hamkorlikdagi qo‘shma korxona hisoblanadi. Kompaniya har yili Respublika bo‘ylab qurilayotgan ko‘plab mehmonxonalar, davlat idoralari, kasalxonalar, xususiy muassasalarni sifatli liftlar bilan ta’minlab kelmoqda. Uning yillik quvvati 500 dona yo‘lovchi va 100 dona yuk tashish liftlaridan iborat. Korxonada bugun 40 ga yaqin ishchi-xodimlar mehnat qiladi.

Korxona hamkorlar uchun yo‘lovchi liftlari, kasalxona liftlari, yuk tashish liftlari, garaj liftlar, ekskalatorlar, po‘lat eshiklarning keng turdagi assortimentlarini ishlab chiqaradi. Hozirda kompaniya nafaqat O‘zbekiston, balki Rossiya hamda MDH davlatlarida ham ko‘plab qurilish sohasining yetakchilari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Korxonaning mahalliylashtirish darajasi 60 dan ortiqni tashkil etadi.

Lift uskunalari har tomonlama mustahkam va chidamli bo‘lib, dizayni bilan bir-biridan ajralib turadi. Kompaniya mutaxassislari avval binoning o‘lchami, ta’miri, qurilish xususiyatlarini hisobga olgan holda munosib dizaynni yaratishadi. Liftlarni yetkazib berish hamda obyektlarga o‘rnatish ham kompaniya tomonidan amalga oshiriladi.

Ishchi guruhi korxonadagi sharoitlar bilan tanishish barobarida mavjud muammolarni o‘rgandi. Korxona rahbari Jo‘raboy Jiyanovning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish va realizatsiya qilish masalalarida muammolar bor. Yangi bozorlarni topish, buyurtmalarni shakllantirishda tadbirkorga amaliy ko‘mak kerak. Bundan tashqari, mahsulotlarni xorijga eksport qilish, eksport shartnomalarini imzolash, xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish bilan bog‘liq masalalarda ham Uyushma tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi tushuntirildi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi