ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KOOPERATSIYA PORTALI →

Uyushma yangiliklari

Namangan tumanida elektr dvigatellarni ishlab chiqaruvchi yangi korxona ochildi

Uyushma yangiliklari

«O’zeltexsanoat» uyushmasiga a’zo «NAM MOTOR SERVIS» MChJ tumanning “Katta Toshbuloq” MFY hududida joylashgan.

Loyihaning umumiy qiymati 30,1 mldr.so’mni tashkil etadi. Shundan 17,0 mlrd.so’m loyiha tashabbuskorining o’z mablag’lari, 300,0 ming dollari Xalq bank krediti hisobiga, 1,0 mln.dollari Xitoylik hamkorlari hisobiga to’g’ri keladi.

Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskori o’z mablag’i hisobidan 17,0 mlrd.so’mga bino-inshootlarini qurib bitkazishi va Xalq banki tomonidan ajratilgan 300 ming AQSh dollariga Xitoy davlatidan texnologiyalar olib kelishi belgilangan.

Joriy yil 19 mart holatiga ushbu loyihani birinchi bosqichi uchun 20,0 mlrd.so’m mablag’ sarflanib, qurilish ishlari yakunlandi va Xitoy Xalq Respublikasining “Fujian Haineng Electrical Co., Ltd” kompaniyasidan texnologiyalar olib kelinib, o’rnatildi va ishga tushirildi. Natijada 70 nafar ish o’rni yaratildi.

Ikkinchi bosqichda 2021-2022 yillarda qo’shimcha bino qurilib, qo’shimcha 70 nafar ish o’rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi