ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KOOPERATSIYA PORTALI →

Uyushma yangiliklari

🕚 14-sentyabr 2021-yil 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

Singapurning “Enterprise Singapore” agentligi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Uyushma yangiliklari

🕚 14-sentyabr 2021-yil 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

14 sentyabr kuni uyushma va Singapurning “Enterprise Singapore” agentligi bilan yig‘ilish muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni uyushma xalqaro bo‘limi boshlig‘i S.Sidikov, Enterprise Singapore agentligining Turkiyadagi vakillariga ushbu yig‘ilish qatnashayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirish va ushbu yig‘ilishda qatnashuvchi uyushma xodimlarini tanishtirishi bilan boshlandi.

Enterprise Singapore agentligi Singapurning Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi davlat agentligi bo‘lib, 2018 yil 1 aprelda tashkil etilgan. Hozirda ko‘plab yirik xorijiy davlatlarda agentlik vakillari faoliyat ko‘rsatadi va O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston uchun Moskvadagi vakil ish yuritadi.

Shundan keyin, “O‘zeltexsanoat” uyushmasining faoliyati to‘g‘risida, korxonalar va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar to‘g‘risida qisqacha prezentatsiya ko‘rinishida ma’lumot berib o‘tildi. Muzokaralarda asosan Singapurdagi elektrotexnika sohasida ish faoliyatini olib boruvchi kompaniyalarni O‘zbekistonda mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi