ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

Muammolar mahallabay kesimida o‘rganilmoqda

Uyushma yangiliklari

Prezidentning 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifidan so‘ng, mahallalar kesimida “Mahalla raisi – islohotchi” tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etish taklif qilingan edi. Hozirda berilgan ushbu topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi boshchiligidagi Ishchi guruhi Hazorasp tumanida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Tumandagi “Sulaymonqala”, “Istiqlol”, “Yangibozor”, “Yangihayot”, «Qirtepa», «Aloqali ko‘l», “Ishchilar” singari mahallalarda mahalla raislari va tadbirkorlar bilan uchrashib, hududning infratuzilmasidan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan elektrotexnika sanoatiga oid biznes-takliflar o‘rtaga tashlandi. Mahalladagi muammolar chuqur tahlil qilinib, uni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilmoqda. O‘rganishlar boshqa mahallalarda ham davom etmoqda. Bizni kuzatib boring.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi