ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 15-oktabr 2019 y. 🚩 Toshkent viloyati

“Miss Lighting” O‘zbek-Xitoy qo‘shma korxonasi energiya tejamkor lampalar ishlab chiqarmoqda

Uyushma yangiliklari

🕚 15-oktabr 2019 y. 🚩 Toshkent viloyati

Miss Lighting

Mamlakatimizda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, sohaga yangi istiqbolli loyihalarni joriy etish bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, hududlardagi korxonalarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani va barqaror ishlashi uchun zarur imkoniyatlar yaratib berilayotgani ishlab chiqarish hajmining ortishiga xizmat qilmoqda. Buni “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish yo‘nalishidagi qator faoliyatlar misolida ko‘rish mumkin.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Miss Lighting” O‘zbek-Xitoy qo‘shma korxonasi energiya tejamkor lampalar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirdi. Bu kabi istiqbolli hamkorlik aloqalarini “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosining dastlabki natijalari, deyish mumkin.

Xitoy bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu yirik loyiha 18 turdagi LED lampalar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona Xitoyning eng zamonaviy texnologiyalari bilan to‘liq jihozlangan. Buning natijasida 120 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Mahsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqish, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida eksportbop mahsulotlarni tayyorlash, eng avvalo ichki bozor talablarini qondirish maqsadida korxona yillik ishlab chiqarish quvvatini oshirish rejalashtirilgan. Mahsulotlar ichki bozor talabini qondirishdan tashqari kelajakda eksportga yo‘naltiriladi.

– Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda mazkur ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, – deydi korxona direktori Umida Rahmonova. – Texnik-montaj ishlari nihoyalandi, Xitoydan olib kelingan liniyalar o‘rnatildi va dastlabki bosqichda energiya tejamkor lampalar va qandillarni yig‘ish va ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Xorijning eng zamonaviy texnologik liniyalari bilan jihozlangan korxonada bugun loyihaning keyingi bosqichini hayotga tatbiq etish ustida ish olib borilayapti. Bu import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni bir necha barobar oshirish, ichki bozorni arzon va yuqori sifatli maishiy texnika vositalari bilan to‘ldirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi