ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KOOPERATSIYA PORTALI →

Uyushma yangiliklari

Mis xomashyosini sotib olish bo’yicha qo’shimcha imtiyozdan foydalaning!

Uyushma yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 2-mart kuni imzolangan «Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5011 sonli qaroriga asosan elektrotexnika tarmog’i korxonalari uchun qator imtiyozlar berilgan.

Jumladan, 2021-yil 1-apreldan boshlab mis xomashyosini birja savdolari orqali xarid qilishda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalari tomonidan to‘lovning 25 foizini avans tarzida va qolgan 75 foizini mis xomashyosi olinganidan so‘ng 90 ish kuni ichida har oyda teng ulushlarda amalga oshirish tartibini joriy etish belgilangan.

Mazkur vazifa ijrosi yuzasidan «O’zeltexsanoat» uyushmasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu tartib ishlab chiqilgan bo’lib, amaliyotga joriy etilmoqda.

Hurmatli elektrotexnika tarmog’i korxonalari vakillari, agar mis xomashyosini birja savdolari orqali imtiyozli shartlarda sotib olishni xohlasangiz, hujjatlaringiz quyidagi onlayn forma orqali taqdim eting:

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi