ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KOOPERATSIYA PORTALI →

Uyushma yangiliklari

Navoiydagi «Masdar» loyihasida elektrotexnika sanoati korxonalari hamkorligi muhokama qilindi

Uyushma yangiliklari

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Buyuk Britaniyaning «Juru Energy» kompaniyasi boshqaruv direktori Botir G‘ofurov hamda Xitoy Xalq Respublikasining “SEPKO III” LTD kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha bosh vakili Shi Xang bilan muzokara olib bordi.

Ma’lumki, bu ikki kompaniya energetika sohasida, xususan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalarni qurish bilan shug‘ullanib keladi.

Jumladan, Xitoyning «SEPCO III» kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatida qurilayotgan 100 MVtlik fotoelektrik stansiyasining qurilish loyihalari uchun bosh pudratchi hisoblanadi. Xorijiy kompaniya vakillari O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mamlakatda qayta tiklanadigan energiya manbalarini qurish bo‘yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlarini yuqori baholagan holda O‘zbekiston tomonidan umumiy quvvati 1,5 GVt bo‘lgan qayta tiklanadigan energetika stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik rejalariga to‘xtalib o‘tdilar.

Ta’kidlash joizki, umumiy maydoni 268 gektar bo‘lgan mazkur ob’ektda texnologik uskunalar, panellar, invertor va transformatorlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Fotoelektrik stansiyasi joriy yilning 1 sentyabrda ishga tushirilishi kutilmoqda. Loyiha doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi qariyb 100 mln dollarni tashkil etadi. Fotoelektrik stansiyasining ishga tushirilishi yiliga 260 mln kVt⋅soat miqdorida elektr energiyasini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar bilan “SEPCO III” korporatsiyasi o‘rtasida “Masdar” kompaniyasining yirik loyihasini qurish jarayonida ishlatiladigan mahalliy butlovchi qismlar va boshqa elektrotexnika qurilmalarini kooperatsiya yo‘li bilan yetkazib berish imkoniyatlari qizg‘in muhokama qilindi hamda hamkorlik boshlash yuzasidan aniq mexanizmlarni kelishib oldilar.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi