Avval xabar qilganimizdek, “O‘zeltexsanoat” uyushmasidan iborat Ishchi guruhi Hazorasp tumanidagi mahallalarda ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha o‘rganishlar olib bormoqda.

Uyushmaning birinchi o‘rinbosari M. Xashimov tegishli idora mas’ullari bilan “Muxomon” mahallasi hududida joylashgan «Hazorasp Diamonda» MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan «Tikuvchilik sexini (ayollar paypog‘ini ishlab chiqarish) tashkil etish» loyihasini, “Navro‘z” mahallasida joylashgan «Ozoda Sherzodbek Navro‘z» HTM tomonidan amalga oshirilayotgan «Maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish» loyihasini, “Ishchilar” mahallasida joylashgan «Hazorasp Sug‘urta» MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan «Umumiy ovqatlanishni tashkil etish» loyihasini joyiga chiqqan holda chiqib o‘rgandi. Loyihalar 2021 yilda to‘liq ishga tushiriladi.


