ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

Mahalla hududidagi korxonalarda bo‘sh ish o‘rinlari o‘rganildi

Uyushma yangiliklari

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi boshchiligidagi Ishchi guruhi poytaxtimizning Chilonzor tumanida biriktirilgan mahallalarda olib borilayotgan va amalga oshirilishi rejalashtirilgan obodonlashtirish ishlarini muntazam tahlil qilib, o‘rganib bormoqda.

“Bekto‘pi” mahallasiga kiruvchi yirik sanoat korxonalari “Guliston”, “Bahoriston”, “Al-Xorazmiy” kabi mahallalarga yaqin hududda joylashganligi sababli bu yerdagi ishsiz fuqarolarni, birinchi navbatda “Temir”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftariga kirgan aholini munosib mehnat sharoitiga ega ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Algoritm mavzesidagi tibbiyot jihozlari ishlab chiqaruvchi kichik korxona, yumshoq yotoq ko‘rpalari va choyshablar ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi, turli o‘lchamdagi polimer quvurlari tayyorlanayotgan “Active Polimer” korxonasidagi jarayonlar ko‘zdan kechirildi. Bundan tashqari, reklama bannerlarini tayyorlovchi korxonada ham yosh yigit-qizlar samarali mehnat qilmoqda. “Shoxida Baraka” korxonasida bosh kiyimlari ishlab chiqariladi.

Tadbirkor uybay sharoitida mahalladagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan. Kunlik buyurtmalarni mahalla ayollari o‘z tikuv dastgohida tayyorlab, korxona yetkazib berishadi. O‘rtacha oylik daromadi 4-5 millionni tashkil qilmoqda. “Ayollar” va “Yoshlar” daftariga kiritilgan ishsiz fuqarolarga aynan ushbu sexlarda ishlash ham manfaatli, ham ishonchli. Chunki, xodimlar ortiqcha transport xarajati yoki boshqa masalalarda muammoga duch kelmaydi. Bundan tashqari, bu yerdagi mebel sexida ham qo‘shimcha ish joylari mavjud.

Aniqlangan bo‘sh joylari bo‘yicha mahalla faollari bilan kelishib, daftarlarga kirgan fuqarolarni ishga joylashtirish choralari ko‘riladi. Bu haqida yana keyinroq ma’lumot beramiz.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi