Uyushma yangiliklari

🕚 23-oktabr 2019 y. 🚩 Toshkent shahri, "O'zekspomarkaz" AJ

«Made in Uzbekistan 2019» xalqaro ko‘rgazmasida elektrotexnika sanoati korxonalari qatnashmoqda

Uyushma yangiliklari

🕚 23-oktabr 2019 y. 🚩 Toshkent shahri, "O'zekspomarkaz" AJ

exhibition

«Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasida eng ko‘p korxonalar ishtiroki «O‘zeltexsanoat» uyushmasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ko‘rgazmada 15 dan ortiq korxonalar 100 dan ortiq mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma doirasida xorijiy hamkorlar bilan eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida qurilish, yengil va og‘ir sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda yaratilgan innovatsion texnologiyalar, zamonaviy asbob-uskunalar va mashinalar taqdim etilgan.

Alohida aytish joizki “O‘zeltexsanoat” tashabbusi bilan Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi ishtirokchilari milliy korxonalar orasida kooperatsiya tuzish, hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida o‘z mahsulotlarining ehtiyot qismlarini taqdim etgan.

Made in Uzbekistan ko‘rgazmasining asosiy maqsadi yurtimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni dunyoga tanishtirish, hamda chet el davlatlari bilan biznes munosabatlarini yaratish va rivojlantirishdir. Ta’kidlash joizki, ko‘rgazmada yurtimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan korxonalar qatnashmoqda.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi