ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 20-yanvar 2021-yil 🚩 Buxoro viloyati, "Buxoro Real Moto" MChJ

«Lochin» yuk motosikllari, motoblok va kvadratsikllari ishlab chiqarish jarayoni o’rganildi

Uyushma yangiliklari

🕚 20-yanvar 2021-yil 🚩 Buxoro viloyati, "Buxoro Real Moto" MChJ

Lochin yuk motosikllari

Shu kunlarda Hukumat komissiyasi tomonidan respublikamiz hududlari bo‘ylab sanoat korxonalari chuqur, tahliliy o‘rganilmoqda. Joyiga chiqqan holda har bir tuman tadbirkorlari bilan ishlab chiqarish ob’ektlarida uchrashuvlar tashkil qilinib, yangi investitsiya loyihalari shakllantirilmoqda. Hukumat komissiyasi tarkibida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M. Yunusov boshchiligidagi Ishchi guruhi ham viloyatdagi sanoat korxonalari faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.

Dastlab, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi “Buxoro Real Moto” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lishdi. Bu yerda «Lochin» brendi ostida uch g‘ildirakli yuk mototsikllari, motoblok va kvadrotsikllari ishlab chiqariladi. 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Loyiha tashabbuskori bino va inshootlarda 2 milliard so‘mlik rekonstruksiya ishlarini amalga oshirib, sexlar xorijiy investor tomonidan 700 ming dollarlik zamonaviy innovatsion texnologik uskunalar bilan jihozlangan. Undagi barcha texnologik jarayonlar avtomatlashtirilgan bo‘lib, kompyuter asosida boshqariladi. Yig‘iladigan shosse, bort, ressor va boshqa qismlar korxona sexlarida tayyorlanmoqda.

Yuk mototsikllariga nafaqat Buxoro viloyatida, balki O‘zbekistonning turli hududlarida ham talab katta. Ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, issiqxonalarda yetishtiriladigan bodring va pomidorlarni tashishda tirkagichli texnikalarga nisbatan qulayligi, kam yonilg‘i sarf qilishi va boshqa jihatlari bilan ancha ustun.

Korxona rahbari Sa’dijon Vahobovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Rossiya va qo‘shni respublikalar bilan eksport shartnomalari ham imzolangan. Endilikda mahalliylashtirishni bosqichma-bosqich amalga oshirish natijasida ishlab chiqarish kengaytiriladi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M. Yunusov mazkur korxona uyushmaga a’zo korxonalar bilan ichki kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishi, bu orqali mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish, natijada yangi ish o‘rinlari yaratilishiga hamda mahsulot tannarxining tushishiga ham erishilishini ta’kidlab o‘tdi. Bu ishlarni amalga oshirishda uyushma a’zolari hamkorlikda ishlashga tayyorligi ma’lum qilindi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi