ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Kun raqami: O‘zbekiston 350 mln. dollarga yaqin elektrotexnika mahsulotlarini eksport qildi

Uyushma yangiliklari

  • 8 oy yakunlariga ko‘ra, tarmoq korxonalari eksporti 350,0 mln. dollarni tashkil etdi. Bu 2020 yilning tegishli davriga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p degani.
  • Elektrotexnika mahsulotlarining 🇮🇷Tojikistonga eksporti 1,4 barobarga, Qozog‘istonga eksporti salkam 1,8 barobarga, 🇷🇺Rossiyaga eksporti 2,0 barobarga va Gruziyaga eksporti 1,9 barobarga oshgan.
  • Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlari eksport qilingan davlatlar qatoriga Yaman, Ruminiya, Albaniya va Moldova ham qo‘shildi.
  • Yil yakuni bilan eksport hajmini 500,0 mln dollarga yetkazish belgilangan. Bunday natijaga yangi korxonalarni eksportga jalb qilish, yangi turdagi mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish, eksport geografiyasini kengaytirish, qo‘shni davlatlardagi yirik savdo tarmoqlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, korxonalarning eksport faoliyatida moliyaviy instrumentlardan unumli foydalanishlariga sharoit yaratish orqali erishiladi.