Biznesingizni biz bilan birgalikda rivojlantiring!   Uyushmaga a'zo bo'ling →

Uyushma yangiliklari

🕚 6-fevral 2020-y. 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

Koreyalik tomonlar bilan qanday masalalar muhokama qilindi?

Uyushma yangiliklari

🕚 6-fevral 2020-y. 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

“O‘zeltexsanoat” uyushmasida Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisining tijorat masalalari bo‘yicha birinchi kotibi Yung Jin Song bilan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mehmonlarga “O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalarining elektrotexnika sanoatini rivojlantirish borasidagi faoliyatlari, amalga oshirilayotgan yangi investitsiya loyihalari, koreyalik investorlar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, istiqboldagi vazifalar xususida ma’lumot berildi.

Boshqaruv raisi M.Yunusov tomonidan koreyalik kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan yangi investitsiya loyihalari xususida taqdimot qilindi. Ushbu istiqbolli loyihalarni tatbiq etishda xorijiy investorlar uchun yurtimizda yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, qonunchilikdagi imtiyozlar va qulayliklar haqida tushuntirish berib o‘tildi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar World Friends Korea (WFK) dasturi doirasida turli yo‘nalishdagi koreys mutaxassislari va ekspertlarini soha rivojiga keng jalb etish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, korxonalarni texnik va texnologik qayta jihozlash, modernizatsiya qilish, professional kadrlar tayyorlash tizimini yaratishda Koreyaning KOICA, KOITA singari xalqaro hamkorlik agentliklari imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish kabi masalalarni muhokama qilishdi. Shuningdek, Koreya tomoni bilan xavfsizlik va energiya tejamkorlikni oshirish bo‘yicha sinov laboratoriyalari – R&D markazlarini tashkil etish bo‘yicha ham o‘zaro fikr almashildi.

O‘z navbatida elchixona mas’ul xodimlari O‘zbekiston tomoni bilan elektrotexnika sanoatini rivojlantirishdan mamnunligini ta’kidlab, bu borada sohaning turli tarmoqlarida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi