Uyushma yangiliklari

🕚 5-noyabr 2019 y. 🚩 Toshkent shahri, "Artel" ishlab chiqarish majmuasi

«Kooperatsiya kuni» ko’rgazmali seminari ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi

Uyushma yangiliklari

🕚 5-noyabr 2019 y. 🚩 Toshkent shahri, "Artel" ishlab chiqarish majmuasi

Exhibition seminar "Cooperation Day"

Poytaxtimizda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamkorligida “Kooperatsiya kuni” munosabati bilan “Milliy mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida mahalliy xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil 17 sentyabr kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Seminarning kirish qismida Iqtisodiyot va sanoat vaziri B.Xo‘jayev, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Boshqaruv raisi M.Yunusovlar Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda faol investitsiya siyosati olib borilayotganligi, tashqi savdo va valyuta operatsiyalari erkinlashtirilgani natijasida sog‘lom raqobat muhiti, haqiqiy bozor iqtisodiyoti shakllanayotganligini ta’kidlab o‘tdilar. Ta’kidlandiki, O‘zbekiston sanoatini zamon talablari asosida rivojlantirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turini kengaytirish masalalari davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi Boshqaruv raisi M.Yunusov ta’kidlaganidek, bugungi kunda respublika bo‘yicha elektrotexnika sanoatida 400 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. O‘tgan davr mobaynida ushbu korxonalar tomonidan 7 trln so‘mga teng bo‘lgan 2 ming xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 40 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham tahlil qilindi. Shu bilan birgalikda tadbirda mahsulot ishlab chiqarish uchun importdan olib keltirilgan mahsulotlarni mahalliy xom-ashyo va resurslarni o‘rgangan holda ishlab chiqarish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ko‘rgazmali seminarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi 30 ga yaqin korxonalar tomonidan 200 dan ortiq import xom-ashyo va butlovchi qism mahsulotlari namoyish qilindi. Ishtirokchilarga korxonalarning kabel-sim, elektrotexnika va maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan va bugungi kunda import qilinayotgan butlovchi qismlarni mahalliylashtirish imkoniyatlari taqdimoti (prezentatsiya) bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur butlovchi qismlarni mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish yuzasidan kelib tushgan savollarga javob berildi hamda korxonalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Jumladan, sanoat kooperatsiyasi asosida “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekneftegaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ singari ko‘plab korxonalar o‘rtasida butlovchi qismlarni yetkazib berish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahri va viloyati hokimliklari, vazirlik va xo‘jalik birlashmalarining mas’ul xodimlari, viloyatlardagi erkin iqtisodiy zona rahbarlari, tadbirkorlik sub’ektlari va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillaridan iborat 500 dan ortiq qatnashchilar ushbu yarmarkada ishtirok etdi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi