Korxona tomonidan energetika, mashinasozlik, temir-yo’l transporti, aloqa, tog’-kon sanoati uchun 300 turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Ushbu korxona 1982-yildan beri faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Rossiyaning «Farial» korxonasi bilan hamkorlikda sifatli kabel-simlar tayyorlanmoqda.

Toshkent viloyatida joylashgan ishlab chiqarish kompleksi 2012-yilda ishga tushirilgan bo’lib, 500 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.

Korxonaning asosiy faoliyat yo’nalishi mis trubkalar ishlab chiqarish hisoblanadi. Mis trublari maishiy texnika tayyorlashda keng qo’llaniladi.

Jamiyat mis shinalar va kabel qisqichlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.

Korxona metal listlardan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun eng ilg’or va zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

Zavod 2013-yilda tashkil etilgan bo’lib, kabel va elektr sim mahsulotlarini zamonaviy texnologik uskunalarda ishlab chiqarmoqda.

Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan ushbu zavod turli xil izolyatsiyaga ega alyuminiy, mis kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqadi.

Kabel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu zavod Germaniya, Yaponiya, Turkiyadan keltirilgan zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan.