Uyushma yangiliklari

🕚 16-aprel 2020-y. 🚩 Samarqand shahri, "Ideal elektrolyuks" MChJ

Samarqandda «Ideal Electrolux» korxonasi onlayn xarid qilish tizimini yo’lga qo’ydi

Uyushma yangiliklari

🕚 16-aprel 2020-y. 🚩 Samarqand shahri, "Ideal elektrolyuks" MChJ

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi viloyatlarda ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida onlayn buyurtma berish va yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda. Shu kunlarda aksariyat aholi uyda o‘tirganini hisobga olib, onlayn buyurtma berish masalalarida ehtiyoj tobora ortib bormoqda.

Bugun biror xonadon yo‘qki, maishiy texnika vositalaridan foydalanmayotgan bo‘lsa. Eng e’tiborlisi, mahsulotlarning narx-navosi ancha arzonlashtirilgan. Yetkazib berish xizmati ham bepul. Bu birinchi navbatda ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejaydi. Shunday imkoniyatdan foydalanish sizga ancha manfaat keltiradi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Ideal Electrolux” korxonasi karantin sharoitida yurtimiz aholisiga onlayn xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Samarqand viloyatida joylashgan mazkur korxona Turkiya texnologiyalari asosida gaz plitalar va mini pechlar ishlab chiqaradi.

Mahsulotlar xaridorgir bo‘lib, yuqori sifatga ega. Agar uy bekalarimiz mazali taomlar va shirinliklar tayyorlashni xush ko‘rsalar, “Ideal Electrolux” korxonasining ushbu mahsulotlaridan foydalanishlari mumkin.

Buning yo‘li oddiy: t.me/Ideallux_1 telegram kanaliga a’zo bo‘ling va hoziroq buyurtma bering. Shuningdek iste’molchilar 24 soat davomida quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari ham mumkin: (97) 223-00-01.

Bundan sal avvalroq, Artel, Vitech, Biss Electronics singari korxonalar ham xuddi shunday imkoniyatlarni taqdim etgan edi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi