ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KOOPERATSIYA PORTALI →

Uyushma yangiliklari

«IDEAL ELECTROLUX» Tojikistonga 1,2 mln.dollarlik gaz plitalarini eksport qilishni boshlaydi

Uyushma yangiliklari

Avval xabar qilganimizdek, Tojikistonning Dushanbe shahrida «O‘zbekiston -Tojikiston ishbilarmon doira vakillarining biznes missiyasi» doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan ko‘plab biznes uchrashuvlar va eksport shartnomalari imzolanishiga erishilmoqda.

Missiyaning uchinchi kunida Samarqand shahridagi «IDEAL ELECTROLUX» korxonasi bilan Tojikiston tomoni o‘rtasida 2023 yilgacha gaz plitalari yetkazib berish bo‘yicha 1,2 mln.dollarlik eksport shartnomasi imzolandi.

Korxona rahbari S. Azimovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda ushbu gaz plitalarining dastlabki partiyasi tayyor. Tez kunda Tojikiston bozorlariga kirib boradi.

Sal avvalroq, «Yuqorichirchiq energy systems» MChJ, «Sam-Ferre» MChJ bilan Tojikiston tomoni o‘rtasida 1 mln mln.dollarlik eksport shartnomalari imzolangani haqida ma’lumot bergan edik.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi