ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 9-sentabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

Yaponiya kompaniyasi bilan printer va boshqa elektr jihozlari ishlab chiqarish muhokama qilindi

Uyushma yangiliklari

🕚 9-sentabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

«O‘zeltexsanoat» uyushmasida koronavirus pandemiyasi tufayli xorijlik investorlar va biznes vakillari bilan masofadan turib videomuloqot olib borilmoqda. Muzokaralarda asosan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.

Yaponiyaning «Funai Electric Co., Ltd.» kompaniyasi boshqaruv direktori Takeshi Ito bilan o‘tkazilgan muloqotda tomonlar elektrotexnika sanoati uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi hududida elektrotexnika sanoatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning o‘ziga xos imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan mamlakatimizda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qiluvchilar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar, imtiyozlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi