ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

“Delphos International UK” vakillari bilan muzokaralar bo’lib o’tdi.

Uyushma yangiliklari

Delphos – ko’chmas mulkni rivojlantirish kompaniyalari va loyihalari uchun innovatsion moliyaviy yechimlar manbai. U butun dunyo bo’ylab korporatsiyalar, fond menejerlari, ishlab chiquvchilar, kichik va o’rta korxonalar, davlat idoralari va tadbirkorlar uchun raqobatbardosh narxlarda uzoq muddatli kapitalni jalb qilishga ixtisoslashgan. Kuni kecha ushbu kompaniya “O’zeltexsanoat” uyushmasiga muzokalar o’tkazish uchun tashrif buyurdi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari M. Xashimov dastavval mehmonlarga O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, chet ellik investorlar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar, yurtimizda xorijiy investorlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, qonunchilikdagi imtiyozlar va huquqiy kafolatlar haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tdi. Bundan tashqari yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mis mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari haqidagi ma’lumotlar ham tashrif buyurgan mehmonlarga tushuntirib berildi.

Shundan so’ng, Britaniya tomoni vakili Uesli Devis (Wesley Davis) “Delphos International UK” kompaniyasi faoliyati haqida ma’lumot berdi.

Kompaniya 1987-yildan beri 1200 dan ortiq kompaniyalarning rivoji uchun 20 milliard dollardan ortiq mablag’ni moliyalashtirgan. Bundan tashqari, u 350 dan ortiq davlat idoralari resurslaridan foydalanadi va butun dunyo bo’ylab ko’p tomonlama tashkilot mijozlariga xalqaro biznes maqsadlariga va barqaror natijalarga erishishida yordam beradi. “Delphos International UK” kompaniyasi O’zbekistonning mahalliy yirik kompaniyalari bilan yangi loyihalarni amalga oshirishda, xususan, energiya tizimlari uchun yuqori samarali qurilmalar ishlab chiqarish bo’yicha hamkorlik qilish istagida. Ular yuqori qo’shimcha qiymatga ega yuqori texnologiyali loyihalarni moliyalashtirishdan manfaatdor. Ularning taklifiga ko’ra, loyihalar qiymati 50 million dollargacha yetishi mumkin.