ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Biznes-klinika loyihasi: pandemiya va undan keyingi davrda biznesni qo’llab-quvvatlash

Uyushma yangiliklari

«Biznes-klinika» loyihasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq konsultatsiyalarni berish va davlatimiz rahbarining farmonlarida nazarda tutilgan qo’llab-quvvatlash choralari haqida to’liq va ishonchli ma’lumot yetkazish maqsadida 2020-yil may oyida ishga tushirildi.

2020-yil mart oyida COVID-19 koronavirus infeksiyasiga birinchi chalinganlarning aniqlanishi sababli, Respublika hukumati tomonidan uni tarqalishini oldini olish maqsadida transport vositalari harakatini cheklash, mahalliy va xalqaro transport aloqalari hamda chegaralar yopilishi, bolalar bog’chalari, maktablar va universitetlarda o’qish jarayonini to’xtatish, ommaviy tadbirlar va yig’ilishlarni bekor kilish kabi keskin choralar ko’rildi.

Karantin choralari va cheklovlar boshqa mamlakatlarda ham, O’zbekistonda ham kichik biznesning faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Statistik ma’lumotlarga kura, kichik biznes 2019-yilda O’zbekistonning yalpi ichki mahsulotining 57 foizini tashkil etgan. Chet eldan pul o’tkazmalarining kamayishi, turizmdan tushadigan daromadlar pasayishi va shu qatorda savdo va yetkazib berish zanjirlarida bir qator muammolar yuzaga keldi. Bir qator korxonalar ishlab chikarish hajmini va ishchilar sonini qisqartirishga majbur bo’ldi, bu esa o’z navbatida ish bilan ta’minlashda va fuqarolarimizning daromadlariga salbiy ta’sir ko’rsatdi.

Inqirozning iqtisodiy oqibatlarini yumshatish maqsadida O’zbekiston hukumati yuridik va jismoniy shaxslarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida inqirozga qarshi kompleks choralarini ishlab chiqdi (xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2010 yildagi 5969-sonli, 03.04.2010 yildagi 5978-sonli va 27.04.2010 yildagi 5986-sonli farmonlari). Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasi tashkil etildi va tadbirkorlikni va aholi bandligini qo’llab-quvvatlash uning asosiy maqsadlaridan biri deb belgilandi.

BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan O’zbekistonda ishga tushirilgan COVID-19 ga Qarshi tezkor harakat qilish mexanizmi (ingl. Rapid Response Facility) doirasida uchta yo’nalish bo’yicha ishlar taklif kilindi:
1) Ehtiyojlarni tezda aniqlab ular bo’yicha yechim topish;
2) Inqirozga qarshi samarali boshqaruv;
3) Erta tiklanish.

Uchinchi yo’nalish doirasida BMT Taraqqiyot Dasturi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun Biznes-klinika loyihasini ishga tushirdi. Biznes-klinika pandemiya davrida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga biznesni tiklash va davlat tomonidan beriladigan imtiyoz va preferensiyalar bilan bog’lik barcha masalalar bo’yicha bepul maslahatlarni berib boradi.

Biznes-klinika tadbirkorlik sub’ektlari bilan operativ aloqa uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratdi: t.me/biznes_klinika telegram-kanali ishga tushirildi, 1094 ishonch qisqa raqamiga tushayotgan savollarga 24 soatlik konsultatsiyalar berish tizimi yo’lga kuyildi, www.businessinfo.uz vebsaytining Biznes-klinika bo’limida onlayn-murojaatlar qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Loyiha rahbariyati pandemiyadan zarar ko’rgan barcha kichik va o’rta biznes vakillarini Biznes-klinika orqali tajribali mutaxassislardan biznesni tiklash va inqirozdan bosqichma-bosqich chiqish imkoniyatini beradigan soliq, bojxona, kredit va boshka imtiyozlar bo’yicha konsultatsiyalar olishga taklif kiladi.

Dastur haqida to’liq ma’lumot www.businessinfo.uz vebsaytida va t.me/biznes_klinika telegram kanalida berilgan.

Aloqa uchun shaxs: +998901753420, Farhod Jabborov, Milliy konsultant, “O’zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko’maklashish”.