ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Belarus ishbilarmonlari bilan elektrotexnika tarmog‘ida kooperatsiya aloqalari muhokama qilindi

Uyushma yangiliklari

Bugun “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston-Belorusiya ishbilarmonlar kengashining birinchi yig’ilishi bo’lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov, Belorus Savdo-sanoat palatasi raisi, O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining Belarus tomoni hamraisi V. Ulovovich hamda mas‘ul vazirlik va idoralardan vakillar, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Xashimov ham ishtirok etdi va O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatining hozirgi holati va istiqbolli loyihalari haqida taqdimot qildi. Shundan so‘ng, B2B formatdagi uchrashuvda Belarusdagi “Mogilevliftmash” OAJ vakillari bilan lift ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun zarur butlovchi qismlarni yetkazib berish bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.