ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

“Asia-Invest Bank” O‘zbekistondan maishiy texnika mahsulotlari importi uchun kreditlar turini kengaytirmoqda

Uyushma yangiliklari

“O‘zeltexsanoat” uyushmasining «Asia-Invest Bank» (AJ) bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorlik natijalari tufayli bugun Rossiya Federatsiyasiga maishiy texnika va elektrotexnika jihozlarini import qiluvchi rossiyalik tadbirkorlar uchun moliyalashlashtirish manbalariga keng yo‘l ochildi. Jumladan, tomonlar O‘zbekistonning “Artel”, “Royal”, “Shivaki” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika mahsulotlarini sotuvchi va tarqatuvchilarga kredit liniyasini ochish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Kelishuvning amaliy natijasi o‘laroq, sentyabr oyidan boshlab bank tomonidan “Artel” mahsulotlarining Rossiyadagi distribyutori “Artel-Rus” MChJga yangi kredit liniyasi ochildi. Bu kompaniyaga 2020-yil oxirigacha maishiy texnika mahsulotlarini yetkazib berishni 10 million AQSh dollarigacha oshirish imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda an’anaviy turdagi mahsulotlardan tashqari, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi korxonalari tomonidan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ham tashqi bozorlarga eksport qilinmoqda. Jumladan, kabel-sim mahsulotlari, maishiy texnika va elektr kuchlanishli uskunalar shular jumlasiga kiradi.

“Asia-Invest Bank”ning moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi korxonalarining Rossiya bozorlariga kirib borishi nafaqat eksport hajmining oshishiga, balki ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlashning tez sur’atlar bilan o‘sishiga, xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanishiga, pirovardida O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim drayveri hisoblangan elektrotexnika sanoatining jadal rivojlanishiga katta zamin yaratadi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi