ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 10-sentabr 2020-yil 🚩 Qirg'iziston Respublikasi, Osh viloyati

Qirg‘iziston prezidenti «Artel Elektroniks» qo’shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Uyushma yangiliklari

🕚 10-sentabr 2020-yil 🚩 Qirg'iziston Respublikasi, Osh viloyati


Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha Qirg‘iziston-O‘zbekiston kelishuvi asosida ochilgan qo‘shma korxona ishlab chiqarishni kengaytirmoqda va eksportni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, Qorasuv tumanining Andijon qishlog‘ida «Artel Elektroniks» qirg‘iz-o‘zbek qo‘shma korxonasi ishlab chiqarishni kengaytirmoqda va mahsulotlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Uni ochish to‘g‘risidagi kelishuvga Sooronbay Jeenbekovning 2017-yil dekabr oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan.

Bugun, 10-sentyabr kuni, O‘sh viloyatiga safari doirasida Sooronbay Jeenbekov ushbu korxonaga tashrif buyurib, faoliyati bilan tanishdi.

Tijorat direktori Orozbay Otajonov korxona 2018-yildan buyon ishlab kelayotgani va maishiy texnika ishlab chiqarish, xususan, kir yuvish mashinalarini yig‘ish bilan shug‘ullanayotgani haqida ma’lumot berdi.

Bugungi kunga qadar 105 kishi ish bilan ta’minlandi, ish o‘rinlari sonini 200 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Korxona oyiga 900ga yaqin kir yuvish mashinalari ishlab chiqaradi, oylik savdo hajmi esa 3 million somni tashkil etadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorda sotiladi.

Ta’kidlanishicha, 2022-yilda gaz plitalarini, 2023-yildan esa televizorlar va muzlatgichlar ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilgan.

Prezident Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston eng yaqin qo‘shni davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Davlat rahbari mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini, shu jumladan qo‘shma sanoat korxonalarini yaratish orqali oshirish zarurligini ma’lum qildi.

Sooronbay Jeenbekovning qayd etishicha, ular ulkan eksport salohiyatiga ega, chunki Qirg‘iziston bojxona to‘siqlari va bojlarsiz mahsulot yetkazib berish mumkin bo‘lgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga kirish imkoniyatiga ega.

Prezident mehnat jamoasi bilan suhbatda korxonaning har bir xodimi uning rivojlanishidan manfaatdor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. U korporativ boshqaruvning yapon uslubini misol qilib keltirdi, bunda barcha xodimlar o‘zlari ishlayotgan korxonaga o‘zlarining shaxsiy mulki sifatida qarashadi.

Prezident mintaqalarni rivojlantirish siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi, uning doirasida eksport salohiyatiga ega korxonalarga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi