ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KOOPERATSIYA PORTALI →

Uyushma yangiliklari

«AQUATHERM TASHKENT 2021» XALQARO KO`RGAZMASI ENDI TOSHKENTDA

Uyushma yangiliklari

9-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, sun’iy iqlim hosil qilish, suv ta’minoti, santexnika, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari va muqobil energiya manbalari – Aquatherm Tashkent 2021» ko’rgazmasida yuzlab yetakchi xalqaro va mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi.

«Aquatherm Tashkent 2021» ko’rgazmasi to’qqizinchi marta suv ta’minoti, energiya ta’minoti, kanalizatsiya, isitish, sun’iy iqlim hosil qilish, ventilyatsiya, santexnika va havzalarni jihozlash sohasida yetakchi ishlab chiqaruvchilarni bir maydonga to’pladi. Noyob ekspozitsiya bozorning so’nggi yangiliklari va eng so’nggi ishlanmalarini, jumladan, sun’iy iqlim hosil qilish va sovutish texnologiyalari, suv ta’minoti va markaziy isitish tizimlari – sanoat va maishiy qozonxonalar, kanalizatsiya uskunalari, quvurlar va fitinglar, santexnika va hammomxonalar uchun uskunalarni taqdim etdi.

Bu yilgi ko’rgazmada dunyoning 11 mamlakatidan 50 dan ortiq kompaniyalar o`z mahsulotlari bilan ishtirok etd. Jumladan, Ozarbayjon, Germaniya, Daniya, Italiya, Qozog’iston, Xitoy, Polsha, Rossiya, Turkiya, O’zbekiston va Chexiya.

Bugungi kunda «Aquatherm Tashkent» ko’rgazmasi sanoatning eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biridir. Chunki, u nafaqat namoyish imkoniyatlarini taqdim etadi, balki xorijiy va mahalliy sanoat mutaxassislari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri biznes muloqot qilish uchun samarali maydon hisoblanadi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi