ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KOOPERATSIYA PORTALI →

Uyushma yangiliklari

Andijonda maishiy texnika ishlab chiqaruvchi korxona joyiga chiqib o‘rganildi

Uyushma yangiliklari

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Oltinko‘l tumanidagi yoshlar bilan uchrashuvdan so‘ng, viloyatdagi elektrotexnika sanoati korxonalari faoliyatini borib o‘rgandi. Jumladan, Andijon shahridagi «Vodiy oltin kuz» MChJ korxonasidagi yangi loyihaning borishi va jarayonlar ko‘zdan kechirildi.

Yarim avtomat kir yuvish mashinasi ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan mazkur korxonada bugun qurilish-montaj ishlari deyarli nihoyasiga yetgan. Mazkur loyiha Prezidentning 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qarori bilan tasdiqlangan.

Yangi loyiha ishga tushgach, 290 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Yiliga 30 ming dona yarim avtomat kir mashinasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Korxona rahbarining fikriga ko‘ra, kelajakda bu yerda changyutgichlar ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi