ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

3D-printerlar va robotlar endi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda

Uyushma yangiliklari

Toshkentdagi «Yashnobod» texnoparkida 3D-printerlar va robotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

3D-printerlarga kichik biznes katta qiziqish bildirayotgani diqqatga sazovor. Deylik, mazkur qurilma yordamida har qanday uch hajmli suratlarni aynan o‘zidek ko‘paytirish mumkin. Mashhur futbolchilar, kino yulduzlari, multfilmlar qahramonlarining shaklini yasash orqali marketing loyihalarini ro‘yobga chiqarish imkoniyati bor. Qurilma yordamida esdalik uchun o‘zi, yaqinlarining qiyofalarini shakllantirsa bo‘ladi. Ushbu texnologiyaga, ayniqsa, original va noyob taqinchoqlar hamda aksessuar ishlab chiqaruvchilar katta qiziqish bilan qarayapti. Qayd etish kerakki, eng so‘nggi rusumdagi 3D-printerlar “siyoh” sifatida nafaqat plastik materialni, ayni paytda oltin, kumush va platinalarni ham ishlata oladi. Buyurtmachi esa taqinchoqning shakli va usulini ta’biga qarab tanlashi mumkin.

Bugun 3D-printerlarni qo‘llash sohasi hamda ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Bunda zamondan ortda qolib ketmaslik lozim. Toshkentdagi «Yashnobod» texnoparkida 3D-printerlar va robotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

“Yashnobod” innovatsion texnoparki direktori Farhod Jumayevning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda odamlarga navigatsiya bilan yordam beruvchi, savollarga javob beruvchi, promo-materiallarni translyatsiya qiluvchi va o‘zi muloqot qilgan odamlarning hammasini eslab qoluvchi “Adbot” roboti hozircha faqat eksport uchun chiqarilmoqda. Ammo mamlakatdagi banklardan biri bunday robotni buyurtma qilgan, ayni paytda u yig‘ish bosqichida.

Yana bir qiziqarli loyiha — O‘zbekiston bozori uchun yangilik bo‘lgan 3D-printerlar ishlab chiqarishdir. Green Code kompaniyasi qariyb yarim yildan buyon ichki bozor uchun 3D-printerlarni ishlab chiqarmoqda.

Haqiqatan, kecha tasavvurga sig‘magan narsalar bugun haqiqatga aylanmoqda. Innovatsion ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalarni yaratish hamda hayotimizning barcha jabhasiga joriy qilish davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilgani ham bejiz emas.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi