ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

Elektrotexnika sanoati korxonalarining 2020-yil yanvar-iyul oylaridagi ko’rsatgichlari

Uyushma yangiliklari

Mamlakatimizda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, importni optimallashtirish, xorijiy hamkorlar bilan yangi investitsiya loyihalari ustida ishlash kabi masalalarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi joriy yilning yanvar-iyul oylarida prognoz ko‘rsatkichlarini ortiq darajada bajarishga erishdi.

Mazkur faoliyatlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4348 sonli qarori muhim dasturilamal bo‘ldi.

Bugungi kunda uyushma tarkibiga 85 ta korxona a’zo bo‘lib, jumladan kabel-sim mahsulotlari – 15 ta, maishiy texnika – 35 ta, elektrotexnika mahsulotlari – 35 tani tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda korxonadagi ishchilar soni – 22 mingdan ortiq.

Uyushma korxonalari tomonidan 2020-yil yanvar-iyul oylari yakunlari bo‘yicha, mahsulot ishlab chiqarish hajmi 6 119,3 mlrd so‘mga yetkazildi va reja 114,4 foizga bajarildi. 116,5 foiz o‘sish sur’atiga erishildi.

Investitsiya dasturi doirasida 67,6 mln dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, reja 119,7 foizga bajarildi (reja 56,5 mln.doll.), shundan 44,9 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kredit mablag‘larini tashkil etdi (rejaga nisbatan 5,2 barobar).

Joriy yilning yanvar-iyul oyi holatlari bo‘yicha korxonalar tomonidan jami 142,8 mln. dollarlik mahsulotlar tashqi bozorlarga eksport qilindi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 123,6 foiz o‘sish sur’atiga erishildi.

Xulosa qilib aytganda, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalarining yanvar-iyul oylaridagi prognoz ko‘rsatkichlari 2019-yilning mos davriga nisbatan 2-3 barobar ortig‘i bilan bajarilgan. Galdagi vazifalar ikkinchi chorakda ham ushbu ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilashdan iboratdir. Ammo pandemiyaning korxonalar faoliyatiga ta’siri va uni yumshatish bilan bog‘liq tadbirlarning tezkorlik bilan amalga oshirilayotgani ushbu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yaxshilanishiga xizmat qilishi bilan bog‘liq.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi bu borada korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, ularning ishlab chiqarish jarayonlariga amaliy yordam ko‘rsatishda davom etadi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi