ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

Elektrotexnika sanoati korxonalarining 2020-yil yanvar-avgust oylaridagi ko’rsatgichlari

Uyushma yangiliklari

Mamlakatimizda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, importni optimallashtirish, xorijiy hamkorlar bilan yangi investitsiya loyihalari ustida ishlash kabi masalalarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi joriy yilning yanvar-avgust oylarida prognoz ko‘rsatkichlarini ortiq darajada bajarishga erishdi.

Mazkur faoliyatlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4348 sonli qarori muhim dasturilamal bo‘ldi.

Bugungi kunda uyushma tarkibiga 86 ta korxona a’zo bo‘lib, jumladan kabel-sim mahsulotlari – 15 ta, maishiy texnika – 35 ta, elektrotexnika mahsulotlari – 36 tani tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda korxonadagi ishchilar soni – 22 mingdan ortiq.

Uyushma korxonalari tomonidan 2020-yil yanvar-avgust oylari yakunlari bo‘yicha, mahsulot ishlab chiqarish hajmi 7 249,8 mlrd so‘mga yetkazildi va reja 114,8 foizga bajarildi. 116,3 foiz o‘sish sur’atiga erishildi.

Investitsiya dasturi doirasida 79,7 mln dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, reja 211,4 foizga bajarildi (reja 62,6 mln.doll.).

Joriy yilning yanvar-avgust oyi holatlari bo‘yicha korxonalar tomonidan jami 172,9 mln. dollarlik mahsulotlar tashqi bozorlarga eksport qilindi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 119,3 foiz o‘sish sur’atiga erishildi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi